Qilichbozlik. Osiyo chempionati terma jamoamiz hisobidagi oltinlar 7 taga etdi!

  • 9 mart, 2023, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Toshkentda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Bugun yigitlar shpaga va sablya, qizlar rapira qurolida jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Tecno

Shuningdek, bugun reglamentga muvofiq musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salim Al Qosimi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Maqsud Abdusamatov ishtirok etishdi.

Marosimdan so‘ng har bir dasturdan o‘rin olgan final janglari o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, sablyachilarimiz mazkur yo‘nalishda ham oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. Finalda yigitlarimiz Xitoydan 45:33 hisobida ustun kelishdi.

Sablya, yigitlar:
1-o‘rin - O‘zbekiston
2-o‘rin - Xitoy
3-o‘rin - Qozog‘iston

Qilichbozlarimizning musobaqada hozirgacha jamg‘argan medallari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil etmoqda.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!