
Qilichbozlik. Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi
22-27 iyun kunlari Quvaytda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Mamlakat qilichbozlik federatsiyasining ma’lum qilishicha, yurtdoshlarimiz shpaga va sablya dasturlarida medallar uchun kurash olib borishadi.
To‘liq tarkib quyidagicha:
Sablya, erkaklar:
Islam Abdazov
Musa Aymuratov
Zuhriddin Qodirov
Sablya, ayollar:
Zaynab Dayibekova
Gulistan Perdibaeva
Fernanda Errera
Shpaga, qizlar:
Shahzoda Egamberdieva
Dilnaz Murzataeva
Sevara Rahimova
Fikrlar