Qilichbozlik. Osiyo chempionatidagi oltinlarimiz 3 taga etdi!

  • 07.03.2023 09:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir oltin medal. Bugun o‘smirlar toifasida kechgan so‘nggi kunda sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibaeva, Ayako‘z Jumamuratova hamda Dilnaz Usnatdinova kvartetini bugungi bahslar davomida hech bir jamoa mag‘lub eta olmadi. Final bellashuvida Qozog‘iston 45:21 hisobida mag‘lub etildi.

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun musobaqagi uchinchi oltin medal sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!