Qilichbozlik. Terma jamoamiz a’zolari jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

  • 6 iyul, 2023, 19:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo chempionatidan so‘ng navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Rejaga muvofiq, shpaga va rapira qurollaridagi sportchilarimiz federatsiyaning Toshkent shahridagi bazasida, sablyachilarimiz esa “Yangiobod sport bazasi”da mashg‘ulotlarni olib borishyapti.

Tecno

Mazkur yig‘in 22-30 iyul kunlari Italiyaning Milan shahrida o‘tadigan jahon chempionati uchun asosiy tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi. Qayd etish joiz, bo‘lajak dunyo birinchiligida Parij-2024 Olimpiadasi uchun eng yirik reyting ochkolari o‘ynaladi. Terma jamoalarimiz undan keyin Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!