Qilichbozlik. Toshkent mohir rapirachilarni chorlaydi

  • 12 oktabr, 2023, 12:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

14-15 oktyabr kunlari Toshkent qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. “Satellite” tasnifidagi turnir rapira qurolida erkaklar va ayollar o‘rtasida yakkalik dasturida o‘tkaziladi.

Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa litsenzion xarakterga ega bo‘lib, unda sovrinli o‘rinlarni egallan sportchilar Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishlari mumkin. Unda hamyurtlarimizdan tashqari Avstriya, Jazoir, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Hong Kong, Qozog‘iston, BAA, Gana, Irlandiya, Italiya, Senegal, Shveytsariya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!