
Qimmatbaho yulduzni to‘rtta grand talashyapti
“Bavariya”ning hujumkor futbolchisi Jamol Musiala faoliyatini Angliya yoki Ispaniya chempionatlarida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
21 yoshli o‘yinchini Evropaning eng qudratli klublari o‘z safiga chorlamoqda.
"Transfer News Live" va "Todo Fichajes" kabi manbalarning ta’kidlashicha, kelasi yoz “Real”, “Barselona”, “Manchester Siti” va “Arsenal” Musialani qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi.
“Bavariya” rahbariyati ham etakchi o‘yinchisini qo‘ldan chiqarmoqchi emas. Biroq Jamolning o‘zi “Oltin to‘p” kabi nufuzli individual sovrinlarni yutish uchun kuchli ligalarda to‘p tepishni istayapti.
Musialaning o‘zi “Manchester Siti”ga o‘tishga moyil ekani aytilmoqda. Iqtidorli hujumkor futbolchini olmoqchi bo‘lgan klublar 130 million evrodan ko‘proq mablag‘ tikishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar