Qirg‘izistonga qarshi birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozondi

  • 19 oktabr, 2019, 18:04
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 23-25 oktyabr kunlari Eronda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020ning saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan o‘rin olgan va terma jamoamizga guruhda Tojikiston, Nepal va Afg‘oniston terma jamoalari raqiblik qiladi.

Tecno

Saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi qo‘shni Qirg‘izistonda o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etayotganidan xabar bergandik.

17 oktyabrda mezbonlarga qarshi dastlabki o‘yinda hamyurtlarimiz 5:1 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Bugun o‘zaro ikkinchi o‘yinni o‘tkazishdi. Unda terma jamoamiz 4:2 hisobida zafar quchdi.

Qirg‘iziston – O‘zbekiston 2:4

Gollar: Mashrab Odilov (8, 29), Akbar Usmonov (22), Ixtiyor Ropiev (26).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!