
Qirol kubogi. "An Nasr" Manening qo‘shimcha bo‘limda urgan goli evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi
Saudiya Arabistoni Qirol kubogi doirasidagi "An Nasr" - "Al Ittifoq" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda riyodliklar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdagi yagona gol ekstra-taymlarning ikkinchisida kiritildi. 107-daqiqada senegallik Sadio Mane jamoasining goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "An Nasr" keyingi 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar