Qishki Osiyo o‘yinlaridagi bayroqdorlarimiz bilan tanishing

CHERY AUTO

Qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimidagi bayroqdorlarimiz ma’lum. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuoti xabar berdi.

Tecno

Chang‘i alpinizmi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jasur Shamsiddinov hamda Feruza Boboqulova Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdori bo‘lishadi.

Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 7 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00) da start oladi. Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi marosim barchaga yoqadigan, ajoyib atmosferada o‘tishiga va’da berdi. 

Mezbonlar hozircha tadbir uch qismdan iborat bo‘lishini, unda ilk bor sun’iy intellekt yordamida rivojlantirilgan texnologiyalardan foydalanilishini ma’lum qilishdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!