Qishki transferlar oynasining eng shov-shuvli transferlaridan biri amalga oshish arafasida

  • 14 yanvar, 09:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va "Napoli" Xvicha Kvaratsxeliya transferi bo‘yicha kelishib oldi. 

Dushanba kuni, ya’ni kecha klublar ushbu transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda "L'Equipe" va "Le Parisien" nashrlari. Shartnoma bonuslarga hisobga olmaganda, taxminan 70 million evroga baholanmoqda. 

Tomonlar kelishuvning yakuniy tafsilotlarini hal qilishi lozim. Xvichaning o‘zi allaqachon PSJ bilan shaxsiy bitim shartlarini kelishib olgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun amaldagi jamoasidan ruxsat kutmoqda. 

A Seriya joriy mavsumida 23 yoshli futbolchi 17 bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!