
Qishki transferlar uchun Sulsherga bir tiyin ham ajratilmaydi!
"Manchester Yunayted" rahbariyati qishki transfer vaqtida pul sarflamaslikka qaror qildi. Bu haqda "Mirror" nashri yozmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, yanvarda bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherda tarkibni kuchaytirish imkoni bo‘lmaydi.
Mankunianliklar rahbari yanvarda yangi futbolchilarni sotib olish hozirgi muammolarni bartaraf etmaydi, deya hisoblamoqda. Katta ehtimol bilan tez orada Sulsherning o‘ziga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.
"Qizil iblislar" norvegiyalik mutaxassis o‘rniga "Lester" ustozi Brendan Rodjers variantini ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar