Qizil kartochka va penalti tufayli chiqqan janjalda 100 ga yaqin odam o‘ldi (foto)

  • 2 dekabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gvineyaning yirik shaharlaridan biri Nzerekordagi futbol uchrashuvida yuzaga kelgan janjal oqibatida yuz nafarga yaqin kishi vafot etdi.

Tecno

Barron’s nashrning ma’lum qilishicha, shahar shifoxonalari jarohatlanganlar va o‘liklarga to‘lib ketgan.

Manbaga ko‘ra, futbol uchrashuvi Gvineyadagi qo‘zg‘olonchilar etakchisi Mamadi Dumbuya sharafiga tashkil etilgan turnir doirasida o‘tkazilgan.

Bellashuv davomida hakam o‘yinchilaridan biriga qizil kartochka ko‘rsatib, darvozaga penalti belgilagan. Bu holatdan norozi bo‘lgan ashaddiy fanatlar janjal ko‘tardi.

Politsiya olomonni to‘xtatish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ham qo‘llashiga to‘g‘ri keldi. Janjaldan qochgan ko‘p sonli muxlislar chiqish yo‘lagiga tiqilib qolgan. O‘lganlarning aksariyati bo‘g‘ilish va stadion devorlarining ostida qolib ketishi oqibatida hayotidan ayrildi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!