"Qizilqum" darvozasini endi Latviya terma jamoasi posboni qo‘riqlaydi

  • 12.01.2024 00:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yana bir futbolchi orqali tarkibini kuchaytirmoqda. Gap legioner o‘yinchi haqida ketmoqda. Latviya terma jamoasi darvozaboni Robert Ozols endi “Qizilqum” sharafini himoya qiladi.

ozols

Bu yil 29 yoshni qarshilaydigan posbonning oxirgi klubi Latviyaning “Auda” jamoasidir. Shuningdek, u faoliyati davomida “Riga”, “Daugava”, “Spartak” singari klublarda harakat qilgan.

ozols2

“Qizilqum” Robert Ozols bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!