"Qizilqum" Dukentdagi yig‘inini yakunlab Navoiyga qaytdi

  • 24 iyul, 2023, 22:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Qizilqum" jamoasi 7 iyuldan boshlab Angrendagi "Yangiobod" sport bazasida ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlagandi.

Ikki hafta davom etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari kuni kecha o‘z nihoyasiga etdi va jamoa a’zolari Navoiyga qaytdi.

Ushbu yig‘inda "Qizilqum" vakillari 4 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Yig‘in davomida jamoaga bir nechta yangi futbolchilar kelib qo‘shildi va ular ikkinchi davradan klub sharafini himoya qiladigan bo‘ldilar.

Bugundan jamoa Navoiyda Superliganing 14-tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiradi.

"Qizilqum" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!