
"Qizilqum" futbolchisi hech qaerga ketmaydi
"Qizilqum" jamoasi yangi mavsum oldidan selektsiya ishlarini boshladi va klub tarkibidagi shartnomasi yakunlangan futbolchilar bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirish ishlarini amalga oshirmoqda.
"Qizilqum" matbuot xizmatining xabariga qaraganda, yakunlangan mavsumda "oltin izlovchilar" tarkibida harakat qilgan Davron Anvarov bilan klub rahbariyati yana bir yillik shartnoma imzoladi. 2025 yilga mavsum so‘nggigacha futbolchi jamoa sharafini himoya qiladi.
Fikrlar