"Qizilqum" g‘alaba qozondi, tarkibga esa yangi legioner qo‘shildi

  • 19.02.2020 22:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyada shug‘ullanayotgan “Qizilqum” jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini Qozog‘istonning “Okjetpes” klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda Hamidjon Aktamov ustozlik qilayotgan navoiyliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shuni ham aytish joizki, “Qizilqum”ga legioner futbolchi Mkkartney Nevesseb qo‘shilgan. Agar uning o‘yini murabbiylarga ma’qul kelsa yangi mavsumni “Qizilqum”da boshlashi mumkin. E’tiborlisi, “Okjetpes”ga qarshi o‘yinda Nevesseb gol urgan holda jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.  Shuningdek, Sherali Jo‘raev ham o‘sha uchrashuvda o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

“Qizilqum” tarkibi: Ruslan Matniyozov, Abdi Bashimov, Oleg Tolmasov, Salim Mustafoev, Muhsin Ubaydullaev, Arslan Ilyosov, Ruslan Magriev, Alisher Sanoev, Sherali Jo‘raev, Mkkartney Nevesseb, Doston Ibragimov.

Zaxiradagilar: Artyom Makosin, Sunnat Abdullajonov, Sardor Jahonov, Nodir Kamolov, Humoyun Abdualimov, Xurshid Olimov, Vohid Shodiev, Aziz Usmonov, Fayzulla Qambarov, Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!