
"Qizilqum" ikki nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
Shahboz Jo‘rabekovni o‘z safiga qo‘shib olgan "Qizilqum" klubi selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, jamoa etakchilarini saqlab qolish ham asosiy masalalardan biri.
Shu sababli "Qizilqum" ikki nafar legioner etakchisi bilan kelishuvlarni uzaytirganligi klub matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
O‘tgan mavsumda jamoa safida harakat qilgan mahoratli gruziyalik yarim himoyachilar - Giorgi Kuxianidze va Akaki Shulaya bilan shartnoma uzaytirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kuxianidze va Akaki bilan klub o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning oxirigacha tuzildi.
Fikrlar