"Qizilqum" Turkiya yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi

  • 12 fevral, 2021, 00:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikki hafta mobaynida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulotini o‘tkazgan “Qizilqum” futbolchilari yig‘in doirasida so‘nggi nazorat uchrashuvini g‘alaba bilan tugatishdi, bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Gruziyaning “Dila” (Gori) klubi bo‘ldi.

Gori shahri sharafini himoya qiluvchi klub 70 yillik tarixga ega bo‘lib, 2015 yilda mamlakat chempioni, 2012 yildi Gruziya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Bellashuv murosasiz kechdi. Tajriba bobida anchagina ustun bo‘lgan gruziyalik futbolchilar asosan to‘p nazoratini saqlash orqali o‘yin tashkil etishga urinishdi.

Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz ancha tajovuzkor boshlashdi. Bir vaziyatda Giorgi Kuxianidzening zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Uchrashuv tugashiga o‘n daqiqa qolganida “Qizilqum” jamoasi o‘yin taqdirini hal qiluvchi golni kiritdi. Aniqrog‘i, jamoaning gruziyalik legionerlari o‘z vatandoshlariga qarshi kechgan bahsda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib olishdi. Mate Vatsadzening ajoyib to‘p uzatishidan keyin Elguja Grigalashvili raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uni qiyinchiliksiz dog‘da qoldirdi -1:0.

Shu tariqa, “Qizilqum” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga yakun yasadi. Jamoa a’zolari 12 fevral kuni yurtimizga qaytishadi.

Nazorat uchrashuvi

“Qizilqum”   - “Dila” (Gruziya) 1:0.

Turkiya. Antaliya. “Asteriya” futbol markazi.

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Fayzulla Qambarov (Oleg Tolmasov, 46), Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev, Salim Mustafoev, Erkin Boydullaev, Oybek Qilichev, Jamshid Hasanov (Behruz Sa’dilloev, 75), Giorgi Kuxianidze, Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/02/2021 00:35
Hafa bulmanglada qizilqum muhlislari. shu chetka chiqib tayorgarlik kurib kelgan kura chet ellik uyinchilarni olgandan kura shularga ketadigan. pulga uzlarizga Akademiya qilsazla bulmaydimi.