"Qizilqum" ustozi: Chempionatning so‘nggi 3 ta o‘yini finalga teng

  • 4 noyabr, 2017, 23:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy liga 27-turidan o‘rin olgan “Qizilqum”- “Dinamo” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Qizilqum" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Bugun o‘yin ikkala jamoa uchun ham o‘ta muhim ahamiyatga ega edi. Sababi turnir jadvalidagi holat shuni taqozo etardi. Ikki himoyachimiz Shukurali Po‘latov va Nodirxon Kamolovning maydonga tusha olmasligi ham tarkibimizda bir qator muammolarni tug‘dirdi. Har qanday holatdayam g‘alaba suv va havodek zarur edi. Shukrki, bu bahsda omad biz tomonda bo‘ldi. Yigitlarga rahmat aytaman. Borini berib o‘ynashdi.

Albatta, “Dinamo” ham osonlikcha mag‘lub bo‘lishni istamadi. Ular ham jon-jahdi bilan harakat qildi. Chempionatning qolgan uchta o‘yini ham finalga teng bo‘ladi. Imkon boricha kerakli ochkolarni jamg‘arishga harakat qilamiz", - deb aytib o‘tdi navoiyliklar utozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!