“Qizilqum” va “Andijon” bugun o‘zaro yubiley uchrashuvini o‘tkazishadi

  • 8 mart, 2019, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Superliganing 1-turida Navoiyda "Qizilqum" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Ta’kidlash kerakki bu ushbu jamoalarning o‘zaro yubiley uchrashuvi bo‘ladi. 

Tecno

“Qizilqum” va “Andijon” jamoalari O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixida jami 30 bora to‘qnash kelishgan.

Navoiyliklar 16 ta o‘yinda g‘olib bo‘lishgan. 2ta o‘yinda durang qayd etilgan. 12 uchrashuvda esa “Andijon” zafar quchgan. To‘plar nisbatida “Qizilqum” oldinda - 52:43. O‘zaro o‘yinlarda “Qizilqum” 50 ochkoni, “Andijon” esa 38 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:2 ga teng. “Andijon”da bu ko‘rsatkich 5:1 bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" - "Andijon" bahsi 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!