"Qizilqum" "Xorazm" bilan murosa ko‘chasini tanladi

  • 15 iyul, 2023, 11:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Olmaliqdagi "Metallurg" stadionida mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" jamoasi vakillari ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdi.

Tecno

Bu safargi raqib "Xorazm" jamoasi bo‘ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan bahsda jangovor durang qayd etildi.

Uchrashuvda "Qizilqum" tarkibida Alisher Sanoev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Undan tashqari ushbu o‘yinda navoiyliklar tarkibiga yaqindagina kelib qo‘shilgan futbolchilar ham debyut uchrashuvlarini o‘tkazishdi.

"Qizilqum" jamoasining asosiy tarkibi:  Javohir Ilyosov, Samandar Shukrullaev, Nikolay Tarasov, Baxtiyor Gurgenov, Sherali Jo‘raev, Islomjon Toshpo‘latov, Ifeaniy Ifeaniy, Giorgi Kuxianidze, Islom Kenjaboev, Marko Simonoviskiy, Akaki Shulaya. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!