
"Qizilqum" yana bir legioneri bilan kelishib oldi
O‘tgan mavsumda "Qizilqum" safida harakat qilgan va jamoa sharafini munosib himoya qilgan mahoratli himoyachi Nikolay Tarasov bilan shartnoma uzaytirildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, rossiyalik ushbu himoyachi bilan klub o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning oxiriga qadar amalda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Qizilqum" klubi gruziyalik legionerlari - Akaki Shulaya hamda Giorgi Kuxianidze bilan ham shartnomalarni uzaytirgani haqida xabar bergandik.
Fikrlar