
"Qizilqum" yana ikki nafar o‘yinchi bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
"Qizilqum" klubi futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirishda davom etyapti.
Klub matbuot xizmatining navbatdagi xabariga ko‘ra, yosh va mahoratli yarim himoyachi Davron Anvarov "Qizilqum" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.
Qolaversa, jamoa himoyachisi Ilhomjon Vahobov ham yangi mavsumda "konchilar" tarkibida harakat qiladi.
Ushbu futbolchi o‘tgan mavsumda navoiyliklar safida jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, Anvarovni hisobida 16 ta o‘yin bor.
Fikrlar