"Qizilqum"dan ketgan Kasmininga Evropadan takliflar bor

  • 29 yanvar, 2021, 07:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" himoyachisi Vladislav Kasminin jamoani tark etganligi haqida xabar bergan edik.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga xorij klublaridan jiddiy takliflar bor. Xususan, Qozog‘iston chempionatida ishtirok etuvchi klublar uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Hozircha, aynan qaysi jamoa shartnoma imzolamoqchi ekani oshkor qilinmadi. 

31 yoshli himoyachiga Qozog‘iston chempionati begona emas. U 2019 yilgi mavsumni "Okjetpes Kokshetau"da o‘tkazgan. Voqealar rivojini bizning saytimiz orqali kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!