Qiziq! Keyn Jahon chempionati favoritlari ichiga Italiyani kiritdi

  • 9 iyun, 2022, 17:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan Germaniya - Angliya bahsida jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng inglizlar sardori Xarri Keyn o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Kuchli jamoalar ko‘p. Evropadan Germaniya, Frantsiya, Ispaniya va ITALIYa bor. Shuningdek, Janubiy Amerikadan Braziliya hamda Argentina jamoalari qatnashadi. 

Butun dunyodan sifatli jamoalar tashrif buyuradi. Jahon chempionatida 7 ta o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazishimiz kerak", - dedi "Tottenxem" hujumchisi. 

Eslatib o‘tamiz, Keyn yuqorida sanagan jamoalar ichida Italiya terma jamoasi mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritmagan. "Skuadra Adzurra" pley-off o‘yinida Shimoliy Makedoniyaga imkoniyatni boy bergandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!