Qiziq?! Messi Kataloniyada Buskets va Alba bilan uchrashdi

  • 21 fevral, 2023, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Lionel Messi Barselonaga uchib kelgani aytilmoqda. U bugun jamoa futboolchilari va sobiq sheriklari Serxio Buskets hamda Xordi Alba bilan uchrashgan.

Leo "Lill"ga qarshi bellashuvdan so‘ng oilasi bilan Kataloniyaga uchib ketgan. Uning oilasi ikki futbolchining rafiqalari bilan uchrashdi. Ammo bu safarning asl sababi nimada ekani hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, oxirgi paytda Messining "Barselona"ga qaytishi haqida xabarlar ko‘payib bormoqda. Tez orada barchasi hal bo‘lishi kutilmoqda.

foto

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!