
Qiziq voqea! "Malorka" ustozi dastlabki bahsda Messi g‘azabda xet-trik qayd etganini aytdi
"Malorka" bosh murabbiyi Visente Moreno birinchi davrada "Barselona" (2:5) ga qarshi kechgan bahsni eslab o‘tdi.
45 yoshli mutaxassis uchrashuv davomida "ko‘k-anorranglilar" sardori bilan gap talashib qolganini aytib o‘tdi.
"Bellashuvdan keyin, futbolchilar mag‘lubiyatda men aybdor ekanligimni aytishdi, chunki men Messini jahlini chiqargandim.
U qattiq g‘azablangandi va tanaffusda bizga ettita gol urishligini aytdi. Ular, buni uddasida chiqa olishmadi, ammo Messi xet-trik qayd etdi.
Messi jahonning eng kuchli futbolchisi. Uning g‘alaba qozonishga bo‘lgan xohishi, aql-idrok qobiliyatiga va fe’l-atvoriga qarang!
Bu safar men gap talashmayman. Bu mening foydamga ishlamaydi," - dedi Moreno.
Fikrlar