Qo‘l jangi: Sportchilarimiz Evropa ochiq chempionatida munosib ishtirok etmoqda

CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi Belorusning Minsk shahrida o‘tayotgan Evropa ochiq chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tecno

Sportchilarimiz mazkur musobaqada uchta yosh toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Chempionatning vazni 60 kg bo‘lgan Tursunov Shahboz xamda  65 kgda Nomurodov Olimjon barcha raqiblarini engib, shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, 45 kg vazn toifasida Olimjonova Zarina, 75 kgdan og‘ir vaznda Ergasheva Madina hamda 75 kgda Jumaev Jahongir terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirdi.

Shuningdek, Evropa ochiq chempionatida Bobobekov Otabek, Mamajonov Muhiddin, Normatova Guljahon, Quvondiqova Maftuna, Nizomova Shahnoza,  Qo‘chqorova Robiya kabi umidli sportchilarimiz o‘z vazn toifalarida bronza medal sohibiga aylandi.

photo_2018-05-27_00-00-00

Shuni ta’kidlash lozimki, sportchilarimiz mazkur musobaqadan avval Rossiyada o‘tgan Osiyo ochiq chempionatida ham munosib ishtirok etgan va umumjamoa hisobida shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi  matbuot xizmati.

photo_2018-05-27_00-00-04

photo_2018-05-26_23-59-55

photo_2018-05-26_23-59-44

photo_2018-05-26_23-59-41

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!