"Qo‘qon-1912" birinchi liga jamoasi bilan durang o‘ynadi
Bugun Oltiariqda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Bu xususida “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, Superliga vakili hisoblangan Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi qo‘qonliklar chempionatimizdagi kichik tanaffusdan foydalanib, birinchi liga jamoasi – “Do‘stlik-Oltiariq”qa qarshi nazorati bahsida ishtirok etdi.
“Do‘stlik-Oltiariq”: Xurshid Muhammadov, Elnur Turg‘unov, Furqat Hasanboev, Muxiddin Yusupov, Yursunali Topvoldiev, Rahmatillo O‘ktamov, Iqbolmirzo No‘’monov, Xushnud Bozorov, Doston Meliqo‘ziev, Muhammhayit Qo‘ldoshev, Mo‘ydin Mamazulumov.
“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullaev, Ilhom Vahobov, Slavko Lukich, Dilshod Rahmatullaev, Jamshid Hasanov, Sardor Azimov, Quvondiq Ro‘ziev, Murodjon Komilov, Anvar Xojimirzaev, Ivan Yosovich, Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Ashurmatov, San’at Shixov, Mo‘min Meliev, Avaz Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Shahzod Nurmatov, Diyor Jaloldinov, Sardor Etovqo‘ziev, Ayubxon Isoqov, Muhsin Normatov, Abdulla Yunusov, Islom Abdullaev.

Mazkur uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Avvaliga mezbonlar a’zosi Muhammadhayit Qo‘ldoshev hisobni ochgan bo‘lsa, Ayubxon Isoqov hisobni tenglashtirdi.
Shu kuni “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi jamoa etakchilari - Murod Xolmuhammedov bilan Javohir Sidiqovga dam berdi. Aleksandr Merzlyakovda esa jaroahat bor.

Fikrlar