
"Qo‘qon-1912" futbolchilariga qisqa muddatli ta’til berildi
Superligasining 2-davra o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" futbolchilari Chirchiq shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining birinchi qismini yakunlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Aziz To‘xtaboev futbolchilarga qisqa muddatli ta’til elon qilgan. Futbolchilar 2 kun oila davrasida hordiq chiqargach, 21 iyuldan boshlab tayyorgarlikning ikkinchi qismi boshlanadi. Jamoa a’zolari yana Chirchiq shahrida to‘planishadi hamda mashg‘ulotlarga kirishishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" jamoasi 2-davraning 1-o‘yinini 26 iyul kuni Toshkent shahrida "Paxtakor" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar