"Qo‘qon-1912" futbolchilariga xordiq berilmadi va "Qizilqum" bilan bahsga tayyorgarlik boshlandi
“So‘g‘diyona”ga qarshi Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng, “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarga dam olish imkonini bermadi. Barcha jamoa a’zolari Jizzaxdan to‘g‘ri Qo‘qon shahriga etib kelishdi va kechaning o‘zida “Qizilqum” bilan o‘yinga tayyorgarlik boshlandi.
Kechagi mashg‘ulotlar tug‘ilgan kunini nishonlagan “Qo‘qon-1912” jamoasi katta murabbiyi Zohid aka Nurmatovni tabriklash bilan boshlandi.
Murabbiylar shtabi ortda qolgan mag‘lubiyatni esdan chiqarib navbatdagi o‘yinda muxlislarga g‘alaba taqdim qilish uchun futbolchilar bilan astoydil ishlamoqdalar.
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” o‘yini 28 may kuni, Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar