"Qo‘qon-1912" futbolchisi: Chempionlik uchun kurashadigan jamoada o‘ynashni xohlayman

  • 20 iyun, 2020, 12:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barchani katta futbol qaytgani bilan tabriklayman. Bugungi bahs og‘ir o‘tdi. O‘yin golgacha davom etdi. Darvozaga yo‘l topib olgach bizning o‘yinimiz ham ajoyib chiqdi. "Qizilqum" futbolchilari esa darvozalaridan to‘p olib chiqqach o‘yinni butkul tashlab qo‘yishdi. Ushbu hisobda jismoniy holatdan ham ko‘ra ruhiy vaziyat hal qiluvchi o‘rin tutdi.

Tecno

"Qo‘qon-1912"ning ajoyib muxlislari bor. Ularning yo‘qligi bizga sezilmasligining iloji yo‘q. Stadion atrofidagi baland binolarda bir nechta muxlislarimizga ko‘zim tushdi. Ular fidoyi ishqibozlar.

Jamoa bilan iloji boricha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz. Kelgusida chempionlik uchun kurashadigan jamoada o‘ynash asosiy maqsadim", - deydi Sindorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!