“Qo‘qon-1912”: “Jajji shunqorchalar” mashg‘ulotlari davom etmoqda

  • 13 iyul, 2017, 08:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Qo‘qon shahridagi 51-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida, “Qo‘qon-1912” klubiga qarashli “Jajji shunqorchalar” futbolga ixtisoslashgan futbol guruhlari tashkil qilingan.

Ayni kunlarga kelib bu guruhlar o‘z faoliyatlarini izchil ravishda davom ettirishmoqda. Bu erda murabbiy Murodjon Sultonov mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Guruhlarimizda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 24 nafar kichkintoylar bilan mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz. Mashg‘ulotlarni haftasiga 3 mahaldan bolajonlarning yoshlariga munosib tarzda o‘tkazyapmiz. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha anjomlar, to‘plar bilan ta’minlanganmiz. Asosiy maqsadimiz kichkintoylarni futbol alifbesi bilan tanishtirish, ularda dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish, sog‘lom avlolni tarbiya qilishdan iborat. Bolajonlar mashg‘ulotlarda juda katta qiziqish va ishtiyoq bilan ishtirok etishmoqda. Ular bilan ishlash kishiga bir olam zavq bag‘ishlaydi – deydi M. Sultonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!