“Qo‘qon-1912” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi

  • 21.12.2019 12:34
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum yakunlanganidan so‘ng tanaffusga chiqqan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari kecha Qo‘qon shahrida to‘plandi. Dastlab jamoa qarorgohida klub rahbarlari hamda futbolchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “Qo‘qon-1912” jamoasi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov futbolchilarga jamoaning yangi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovni tanishtirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Mavsumni yakunlab bergan Aziz To‘xtaboev boshchiligidagi barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoamiz 1-davradan so‘ng qiyin ahvolga tushib qolgan edi. Shunday vaziyatda qo‘rqmasdan ma’suliyatni o‘ziga olgan Aziz To‘xtaboevga katta rahmat. Shuningdek, Temur Kapadzega ham bergan yordamlari uchun minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman.

Barchangizni xabaringiz bor jamoamizga bosh murabbiy etib Baxtiyor Ashurmatovni tayinladik. Ashurmatovga murabbiylar shtabida Qo‘qonning yana bir farzandi Zohidjon Nurmatov yordam beradi. O‘ylaymanki, barchangiz Baxtiyorni yaxshi bilasiz va bu kishini atrofida jipslashib muxlislarimiz uchun chiroyli futbol hamda yaxshi natija qilib berasizlar. Biz qo‘limizdan kelgancha eng yaxshi sharoitlarni sizlar uchun yaratib berishga harakat qilamiz. "Qo‘qon-1912" jamoasini ham yuqori o‘rinlarda ko‘radigan vaqtimiz etib keldi deb ishonaman, – dedi jumladan B.Tolipov.

Shundan so‘ng Baxtiyor Ashurmatov jamoa a’zolari bilan alohida suhbat olib bordi.

- Barchangizni ko‘rib turganimdan xursandman. Avvalambor, rahbariyatga menga bildirilgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qo‘qonga yaxshi niyatlar va yuqori maqsadlarni ko‘zlab kelganman. Oxirgi paytlarda murabbiylik faoliyatim bir tekis kechmadi. Sizlarning yordamingizda murabbiy sifatida yangi darajaga chiqishimga ishonaman. Eng asosiy maqsadimiz jonkuyar muxlislarimiz ishonchini qozonib, ularni yana stadionga qaytarish. Buning uchun esa har bir o‘yinda jangovor, chiroyli futbol namoyish qilishimiz kerak bo‘ladi. Bugundan boshlab o‘zimizga bildirilgan ishonchni oqlash uchun qattiq mehnatni boshlaymiz. Barcha futbolchilar sog‘lom raqobatga tayyor bo‘lasizlar. Men jangovor futbolni yaxshi ko‘raman. O‘yin vaqtida yakka kurashlardan o‘zini olib qochadigan futbolchilarga qiyin bo‘ladi. Barchangizdan jangovor futbolga tayyor bo‘lishlaringni talab qilaman. Barchaga bu yo‘lda omad tilayman. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib muxlislarni hamda bizga ishonch bildirgan rahbarlarimizning ishonchlarini oqlash uchun astoydil ishlashimiz kerak. Tarkibimizda hali o‘zgarishlar bo‘ladi. Murod Holmuxammedov bilan Quvondiq Ro‘ziev oilaviy sabablar tufayli 23 dekabrdan mashg‘ulotlarga qo‘shilishadi. Oybek Rustamov Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatidan so‘ng tarkibimizga etib keladi. 28 dekbargacha Qo‘qonda mashg‘ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib boramiz, – dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Shundan so‘ng jamoa a’zolari “Markaziy” stadionida dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi. Murabbiylar shtabi selektsiya ishlarini qizg‘in tarzda olib borishmoqda. Bir nechta futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda va yangi yil bayramidan so‘ng jamoa tarkibiga bir nechta yangi futbolchilar qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
21/12/2019 13:19
Жавохирни олиб келиш керак пахтакорда колмасин
Расулжон Тоштемиров
21/12/2019 13:17
Азиз сенга катта рахмат ашурматов омад