"Qo‘qon-1912" mashg‘ulotlarga kirishdi, faqat Merzlyakovsiz!

  • 04.06.2022 07:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superligasida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib qisqa muddatli ta’tilga chiqqan “Qo‘qon-1912” jamoasi yana mashg‘ulotlarga kirishdi.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari navbatdagi tur uchrashuvini 21 iyun kuni Toshkentda, “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoa a’zolari bugun Qo‘qon shahrida to‘planishdi hamda mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Bugungi mashg‘ulotlar Uchko‘prikdagi “markaziy” stadionida bo‘lib o‘tdi. Hozircha jamoa etakchilaridan biri Aleksandr Merzlyakov jarohati bois ishtirok etmayapti. Jamoa shifokorlarining aytishlaricha, Merzlyakov ma’lum muddatga safdan chiqqan. Biz tajribali futbolchimizga tezroq shifo topib jamoamiz safiga qaytishini tilab qolamiz. Klubning qolgan a’zolari esa mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kishmoqda.

Jamoa murabbiylar shtabi oldinda turgan 1-davraning ikki o‘yiniga futbolchilarni maksimal tayyorlash uchun ishlab chiqilgan reja asosida ish olib borishmoqda, - deya xabar bermoqda “Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!