
"Qo‘qon-1912" mashg‘ulotlarini qachondan boshlaydi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralash o‘yinlarida ishtirok etishi munosabati bilan Superliga o‘yinlarida tanaffus yuzaga keldi. Chempionatning navbatdagi 10-tur o‘yinlari 18 iyun kuni start oladi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi o‘zining navbatdagi o‘yinini 20 iyun kuni Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi. Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarga qisqa muddatli ta’til e’lon qilgan.
"Shunqorlar" navbatdagi mashg‘ulotlarni 25 may kuni Qo‘qon shahrida boshlashadi. Murabbiylar chempionatning tanaffusi paytida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari orqali futbolchilarning o‘yin amaliyotlarini saqlab turishni maqsad qilishgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan "D" guruhi o‘yinlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. Milliy terma jamoamiz dastlabki uchrashuvini 7 iyun kuni Singapur terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi, - deyiladi “Qo‘qon-1912” matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar