
“Qo‘qon-1912” o‘rinbosarlari yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda
Xuddi asosiy tarkib kabi “Qo‘qon-1912” o‘rinbosarlari ham yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Qo‘qonda yig‘in o‘tkazayotgan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlashmoqda, deya ma’lum qiladi qo‘qonliklar matbuot xizmati.
O‘tgan mavsumda yoshlar ligasida ko‘ngildagidek qatnasha olmagan futbolchilar yangi mavsumda muxlislarimizni xursand etishga jiddiy bel bog‘lashgan. Buning uchun esa ular mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kishmoqda.
Sir emasmki, so‘nggi yillarda Qo‘qon futbolida yangi yulduzlar etishib chiqmoqda. Bunga misol tariqasida Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov, Avaz Mamatxo‘jaevlarni keltirish mumkin. Ushbu yosh futbolchilar aynan o‘rinbosarlar safida tajriba to‘pladilar, o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar. Bu esa o‘rinbosarlarimizda ham ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan dalolat.
Shanba kuni ikkiga bo‘linib o‘zaro o‘yin o‘tkazgan o‘rinbosarlarimiz bugundan e’tiboran “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasiga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi.
Fikrlar