"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi yig‘inini boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Superliga – 2018 o‘yinlari boshlanishiga ham tobora oz vaqt qolmoqda. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz a’zolari kechadan, Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi.

Bu bosqich 21 fevral kuniga qadar davom etadi. Murabbiylarimiz navbatdagi bosqichdagi tayyorgarlikda, futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari bilan bir qatorda taktik tayyorgarlikka ham e’tibor qaratadilar.

Yig‘in davomida ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazish reja qilingan. Dastlabki o‘yin Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan 13 fevral kuni o‘tkazilishi rejaga kiritilgan. Keyingi uchrashuvda esa Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi futbolchilarimizga raqib vazifasini o‘tab beradi. Bu uchrashuv 18 fevral kuni o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


Shuningdek, Toshkentdagi yig‘in davomida futbolchilarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ham rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!