"Qo‘qon-1912" xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 4 sentabr, 2019, 10:40
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Navbatdagi o‘yinlarga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi a’zolari Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni olib borishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Aziz To‘xtaboev boshchiligida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok etishmoqda. Quvondiq Ro‘ziev O‘zbekiston milliy terma jamoasi, Oybek Rustamov esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘inlariga jalb qilingan. Mashg‘ulotlar "To‘qimachi" stadionida bo‘lib o‘tyapti. Murabbiylarning rejalarida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ham bor bo‘lib, bu borada Superliga klublari bilan muzokaralar olib borilmoqda. "Shunqorlar"ning Toshkentdagi mashg‘ulotlari 9 sentyabr kuniga qadar davom etadi. Shundan so‘ng jamoa Qo‘qon shahriga qaytadi hamda Tojikistonning "Xo‘jand" jamoasi bilan bo‘lishi reja qilingan halqaro o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi.

"Qo‘qon-1912" - "Xo‘jand" uchrashuvi 11 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulhamid
04/09/2019 13:06
Qóqon bu yil liga kubokni oladi. Olga "shunqorlar"...
Расулжон Тоштемиров
04/09/2019 11:13
Омад ёр булсин