
"Qo‘qon-1912" yig‘inni Farg‘onaga ko‘chirdi
"Qo‘qon-1912" yangi mavsumga tayyorgarlikni 2-bosqichini Toshkent shahrida o‘tkazdi. “Buxoro” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan nazorat o‘yinidan so‘ng futbolchilarimizga qisqa muddatli ta’til berildi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini jamoa futbolchilari Farg‘ona shahrida olib borishadi. Uch kunlik dam olishdan so‘ng futbolchilar 27-yanvar kuni Farg‘ona shahrida to‘planishadi. Farg‘onada 28-yanvardan 10-fevralga qadar “Hokim kubogi” musobasi bo‘lib o‘tadi. “Qo‘qon-1912” jamoasi “Hokim kubogi” turnirida ikkita tarkib bilan ishtirok etishni maqsad qilgan.
Farg‘ona viloyat futbol federatsiyasidan bizga ma’lum qilishlaricha “Qo‘qon-1912” jamoasining asosiy tarkibi Farg‘onadagi dastlabki uchrashuvini 28-yanvar kuni , superligada ishtirok etishi aniq bo‘lgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bilan o‘tkazadi. Farg‘onadagi yig‘in davomida tarkibga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Tez orada “Hokim kubogi” turnirining to‘liq taqvimini siz aziz muxlislarga taqdim qilamiz.
Fikrlar