
"Qo‘qon-1912"ning mag‘lubiyatiga nima sabab? Baxtiyor Ashurmatov javob berdi
Superliga 9-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.
- Juda ham murakkab o‘yin bo‘ldi. "So‘g‘diyona" yaxshi shakllangan jamoa. Tan olish kerak, birinchi taymda raqib bizdan ustunlik qildi va himoyadagi xatolarimizdan foydalandi. Tezkor gol urganimizga qaramay, ketma-ket uchta gol o‘tkazib yubordik.
Ikkinchi taymda vaziyatlar yaratdik, oxirigacha kurashdik, afsuski futbol shunday beshafqat. Ikkinchi taymdagi o‘yinimiz orqali hech bo‘lmasa durangga loyiq edik. Yigitlarimiz oxirgacha kurashishgani uchun muxlislarimiz ularni olqishlab qo‘yishdi. Shu o‘rinda mag‘lub bo‘lishimizga qaramasdan bizga oxirigacha ishongan va qo‘llab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar