Qoraqolpog‘istonda Beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi

  • 23 may, 2022, 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 21-22 may kunlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan Beshta muhim tashabbus doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Tecno

photo_2022-05-23_11-28-36

photo_2022-05-23_14-19-52

Unda qatnashgan 50 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar para engil atletika, para badminton, para stol tennisi hamda para Esports (kibersport) bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!