Qozog‘iston. Legionerlarimiz harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinini o‘tkazdi (turnir jadvali)

  • 17 mart, 2022, 20:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qozog‘iston chempionati 3-tur uchrashuvlari davom ettirildi. 

Tecno

Jasur Jaloliddinovning "Qayrat"i o‘z maydonida "Taraz"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Hisob 59-daqiqada Kante tomonidan ochildi, oradan ko‘p o‘tmay, Karaman muvozanatni tikladi.

"Ordabasi" o‘z maydonida "Akjayik"ni 2:0 hisobida engdi. Odilbek Abdumajidov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.

Shuningdek, "Tobol" ham o‘z maydonida ishonchli hisobda zafar quchdi, 2:0. Igor Sergeev 79-daqiqa o‘ynadi. Quyida Qozog‘iston chempionati turnir jadvali bilan tanishing.

image_2022-03-17_20-33-55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!