
Qozog‘iston. Sergeev uchun omadsiz tur, Abdumajidov jamoasi peshqadamga aylandi (turnir jadvali)
Qozog‘iston Premer-ligasi 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Legionerlarimiz harakat qilayotgan jamoalar bugun o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Xususan, "o‘zbekcha derbi"da Odil Abdumajidov harakat qilayotgan "Ordabasi" klubi Jasur Jaloliddinovning "Qayrat"ini mag‘lubiyatga uchratdi, 2:1. Abdumajidov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi, Jaloliddinov zaxirada qoldirildi.
Shuningdek, "Tobol" safida harakat qilayotgan Igor Sergeev uchun tur omadsiz keldi. Ya’ni, legionerimiz jamoasi "Astana" bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekdi, Sergeev birinchi taym so‘ngida penaltidan foydalana olmadi, ikkinchi bo‘limda kiritgan goli bekor qilindi.
Quyida bugungi o‘yinlardan keyin turnir jadvali bilan tanishing.
Fikrlar