
Qozog‘istonlik murabbiy Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov jangida kimning imkoniyati yuqori ekanligini aytdi
Yurtdoshimiz Bektemir Meliqo‘zievning rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi 30 yanvarda bo‘ladigan jangiga qiziqish juda yuqori bo‘lmoqda. Nafaqat O‘zbekiston yoki Rossiya, balki qo‘shni davlatlarda ham ushbu to‘qnashuvni kutayotganlar ham ko‘plab topilmoqda.
Jumladan, qozog‘istonlik boks murabbiyi Jaxsiboy Utenbaev ham saytimizga Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov jangi borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Rossiyalik do‘stlarimiz xafa bo‘lmasinu, bu jangda Bektemirga muxlislik qilaman va uning g‘alaba qozonishiga ishonchim komil. Uni ko‘pdan buyon bilaman, jang olib borish uslubi juda yoqadi. Havaskor boksdagi erishgan natijalari uni yuqori saviyadagi bokschi ekanligidan dalolat beradi. Professionalga ham tez moslasha oldi. Bektemir bu yo‘nalishda ham yuqori natijalar qayd eta oladi.
Fikrlar