
QPL. Bugun legionerlarimizning barchasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Qozog‘iston chempionati 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Xususan, legionerlarimiz harakat qilayotgan jamoalarning barchasi bugun, 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Soat 17:00 da boshlanadigan bahsda Odil Abdumajidov harakat qilayotgan "Ordabasi" klubi "Astana"ni qabul qiladi.
Shuningdek, 19:00 da ikkita o‘yin start oladi. Ulardan birida Jasur Jaloliddinovning "Qayrat"i Atirau"ga qarshi maydonga tushadi. "Tobol" esa, "Aksu" bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Bugungi bellashuvlar oldidan turnir jadvali bilan tanishing.
Fikrlar