Qudratillo Abduqahhorov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (18-1, 10KO) Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minneapolis shtatida joylashgan "Armory" arenasida, PBC kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boks oqshomida amerikalik Vi Shon Ovensga (13-3, 12KO) qarshi jang o‘tkazdi.
To‘liq 10 raund davom etgan bahsda, afsuski hamyurtimiz ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatiga uchradi.



Fikrlar