Qudratillo Abduqahhorov mag‘lubiyatdan so‘ng IBF reytingida nechanchi o‘ringa tushdi?

  • 14 yanvar, 2022, 11:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘zining so‘ngi jangida Kodi Kroulega imkoniyatni boy bergan Qudratillo Abduqahhorov yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) 1-o‘rindan 15-o‘ringa tushib ketdi.

Super engil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4, Shahram G‘iyosov esa 11-o‘rindan joy olgan.

Birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev IBF chempioni sifatida reyting yuqorisida joylashgan.

Ushbu yo‘nalishda boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.

photo_2022-01-14_11-35-42

photo_2022-01-14_11-35-46

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!