
Raboning aqli endi kirdimi? Yoxud u PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
PSJ xavbeki Adrien Rabio klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga tayyor.
Jurnalist Romen Molina o‘zining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha 24 yoshli frantsuz bu boradagi istagini klub rahbariyatiga ma’lum qilgan. Ta’kidlash kerakki, uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyunida o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rabo aynan PSJ bilan amaldagi shartnomani uzaytirmagani uchun rahbariyat tomonidan jazola tariqasida o‘tgan yilning dekabridan buyon maydonga tushirilmadi.
Bundan avvalroq Rabo APLning 2 ta klubi bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar