
Raboning onasi APLning 2 ta klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli frantsuz futbolchisiga MYu, “Everton” va “Nyukasl” jamoalari qiziqish bildirmoqda. “Irischilar” va “qarg‘alar” allaqachon futbolchining onasi va bir vaqtning o‘zida agenti ham hisoblangan Veronika Rabo bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Rabo “Yuventus” safiga 2019 yilning yozida PSJdan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar